Yevropa Ligasi uchun qur'a: «Barselona» jiddiy raqibga duch keldi
Nimchorak finalga o‘tish o‘yinlarida «Barselona» «Napoli»ga, «Sherif» Portugaliya klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun, 13 dekabr kuni UYeFAning Nonda joylashgan shtab-kvartirasida Yevropa ligasi 1/8 final o‘tish bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko‘ra, 1/8 finalga yo‘llanma olish uchun markaziy o‘yin Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan «Napoli» va YeChLdagi o‘z guruhida 3-o‘rindan joy olgan «Barselona» o‘rtasida o‘tadi. Jamoalar 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan «Sherif» o‘tish bahsida Portugaliyaning «Braga» klubiga qarshi saf tortadi.
O‘tish o‘yinlari juftliklari:
«Sevilya» (Ispaniya) – «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya)
«Atalanta» (Italiya) – «Olimpiakos» (Gretsiya)
«Leypsig» (Germaniya) – «Real Sosedad» (Ispaniya)
«Barselona» (Ispaniya) – «Napoli» (Italiya)
«Zenit» (Rossiya) – «Betis» (Ispaniya)
«Borussiya» Dortmund (Germaniya) – «Reyndjyers» (Shotlandiya)
«Sherif» (Moldova) – «Braga» (Portugaliya)
«Portu» (Portugaliya) – «Latsio» (Italiya)
Dastalbki uchrashuvlar 17 fevral kuni o‘tib, turnirga YeChLdan qo‘shilayotgan klublar maydonida o‘tsa, javob bahslari bir hafta o‘tib 24 fevral kuni Yevropa ligasida 2-o‘rinni egallagan klublar maydonida o‘tadi.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025