Samarqandda qimorxona fosh etildi

Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand shahrida joylashgan choyxonada tashkil etilgan qimorxona fosh etilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand shahar IIO FMB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Samarqand shahar Humo mahallasida joylashgan choyxonada 17 nafar fuqaro qimor o‘ynayotgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, qimor o‘yinlari Humo mahallasida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan X.O. tomonidan tashkil qilib kelingan.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida o‘yinchilar tomonidan qimor uchun tikilgan jami 718 ming so‘m pullar, 100 dona karta kolodalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:10 / 09.02.2021
IIB va DXX Kattaqo‘rg‘onda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘ydi

11:37 / 12.08.2020
Navoiyda qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi

08:40 / 08.08.2020
Uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi

12:24 / 27.07.2020