Jamiyat | 12:35 / 09.12.2021
5258
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Dekabr oyi davomida haftaning payshanba kunlari qo‘shimcha poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

“Toshkent–Andijon–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi 9 dekabrdan boshlab qo‘shimcha ravishda haftaning payshanba kunlari ham qatnaydi.

Xususan, 9, 16, 23, 30 dekabr kunlari amaldagi jadval asosida Toshkent markaziy hamda Andijon temiryo‘l vokzallaridan qatnov harakatlari amalga oshiriladi. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga ko‘ra, bundan yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsad qilingan.

Avvalroq, dekabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 8 marta yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshirilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid