YeChL. «Real» «Inter»ni mag‘lub etib guruhda 1-o‘rinni egalladi, «Atletiko» pley-offda, «Liverpul» va «Ayaks»da 100 foizlik natija

Sport 03:27 / 08.12.2021 8016

Yevropa Chempionlar Ligasida 4ta guruhda so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.

A guruhida muddatidan avval 1-o‘rin va pley-off masalasini hal qilgan «Manchester Siti» (12) safarda «Leypsig» (7) bilan bahsda mag‘lubiyatga uchradi. 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqan «PSJ» (11) o‘z uyida autsayder «Bryugge» (4) ustidan Mbappe va Messining dubllari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi.

V guruhi peshqadami «Liverpul» (18) safarda «Milan»ni (4) yengib, 100 foizlik natija qayd etdi. «Atletiko» (7) esa «Portu» (5) ustidan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Barcha masala hal bo‘lgan S guruhida «Ayaks» (18) so‘nggi turda ham g‘alaba qozondi — «Sporting» (9) mag‘lub etildi. Yevropa Ligasiga tushib ketgani ma'lum bo‘lib ulgurgan «Borussiya» (9) Dortmundda «Beshiktosh»ni (0) tor-mor etdi.

D guruhida 1-o‘rin uchun kurashda «Real» (15) «Inter»ni (10) javob o‘yinida ham mag‘lub etdi. «Shaxtyor» (2) «Sherif» (7) bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Hozirgacha Chempionlar Ligasida 1/8 finalda o‘ynaydigan 16 jamoadan 12tasi ma'lum bo‘ldi — «Bavariya», «Ayaks», «Liverpul», «Yuventus», «MYu», «Chelsi», «Real», «Inter», «Manchester Siti», «PSJ», «Sporting», «Atletiko».

8 dekabr kuni qolgan 4ta guruhda 6-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va pley-offga chiqqan so‘nggi 4 jamoa nomi aniqlanadi.

YeChL. 6-tur. 7 dekabr

A guruhi
Leypsig — Manchester Siti 2:1
Gollar:
Soboslai (24), Silva (71) — Mahrez (77). 
Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Xenrixs, 80), Klostermann (Simakan, 46), Gvardiol, Anxelino, Kampl, Forsberg (Brobbi, 79), Laymer (Adams, 63), Nkunku, Soboslai, Andre Silva (Moriba, 86). 
Manchester Siti – Steffen, Uoker, Stounz, Ake (Diash, 87), Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Palmer, 87), Grilish, Foden (Sterling, 46), Mahrez.
Chetlatish: Uoker (83). 

PSJ — Bryugge 4:1
Gollar:
Mbappe (2, 7), Messi (38, 76 penalti) — Rits (68).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Diallo, Mendesh (Kerer, 50), Veynaldum, Guyye (Paredes, 71), Verratti (Ebimbe, 84), Di Mariya (Errera, 71), Messi, Mbappe (Ikardi, 83). 
Bryugge – Minole, Mata, Hendri, Nsoki, Rikka, Rits (Vormer, 69), Vanaken, Balanta (Mbamba, 69), Sandra (van der Brempt, 57), de Ketelare, Lang.

V guruhi
Milan — Liverpul 1:2
Gollar:
Tomori (29) — Saloh (36), Origi (55).
Milan – Menyan, Kalulu (Florensi, 65), Romanoli, Tomori, Ernandes, Krunich (Bakayoko, 83), Kessie, Tonali (Salemakers, 59), Ibrahimovich, Dias (Binnosir, 59), Messias. 
Liverpul – Alisson, Uilyams, Konate, Fillips, Tsimikas, Oksleyd-Chemberlen, Morton, Saloh (Keyta, 64), Minamino, Mane (Gomes, 65), Origi (Fabino, 80).

Portu — Atletiko 1:3
Gollar:
Oliveyra (90+5, penalti) — Grizmann (56), Korrea (90), de Paul (90+2).
Portu – Koshta, Pepe, Mbemba, Sanusi (Vendell, 63), Otavio (Viyeyra, 82), Gruyich (Korona, 81), Vitinya, Mariu (Oliveyra, 81), Torimiy (Toni, 82), Evanilson, Dias. 
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Kondogbia, Ermoso, Lorente, Karrasko, Koke, de Paul, Lemar (Korrea, 66), Suares (Kunya, 13; Lodi, 83), Grizmann.
Chetlatishlar: Karrasko (67), Vendel (70).

S guruhi
Ayaks — Sporting 4:2
Gollar:
Aller (8, penalti), Antoni (42), Neres (58), Bergeys (62) — Santush (22), Tabata (78).
Ayaks – Pasveyer, Mazraui (Timber, 77), Sxyurs (Rens, 60), Martines, Blind (Talyafiko, 46), Alvares (Teylor, 72), Gravenberx, Bergeys, Aller, Neres (Klassen, 60), Antoni. 
Sporting – Virjiniya, Eshtevesh (Nazino, 73), Netu, Reys, Inasiu, Eshgayyu, Nunu Santush (Paulino, 60), Bragansa (Essugu, 81), Ugarte (Sarabiya, 73), Tabata, Tomash (Gonsalvesh, 60).

Borussiya D — Beshiktosh 5:0
Gollar:
Malen (29), Roys (45+2 penalti, 53), Holand (68, 81).
Borussiya D – Kobel, Mene (Reyner, 46), Hummels, Zagadu (Pongrachich, 77), Shuls, Vitsel, Dahud, Bellingem (Gerreyru, 73), Volf (Passlak, 62), Roys (Holand, 63), Malen. 
Beshiktash – Destano‘g‘li, Velinton, Montero, Merash, Topal, Souza (Hatchinson, 82), Bo‘zdo‘g‘an (Uchan, 76), Uysal, Batshuayi, Karaman (Roze, 46), Larin (G‘azzol, 69).
Chetlatish: Velinton (43).

D guruhi
Real — Inter 2:0
Gollar:
Kroos (17), Asensio (79).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos (Valverde, 78), Kazemiro (Kamavinga, 71), Yovich (Mariano, 78), Vinisius (Azar, 81), Rodrigo (Asensio, 78). 
Inter – Handanovich, Dumfris (Dimarko, 46), D`Ambrozio, Shkrinyar, Bastoni, Perishich, Brozovich (Vidal, 60), Chalxono‘g‘li (Vesino, 60), Barella, Jyeko (Sanches, 60), Martines (Galyardini, 66).
Chetlatish: Barella (64).

Shaxtyor — Sherif 1:1
Gollar:
Fernando (42) — Nikolov (90+3).
Shaxter – Pyatov (Shevchenko, 86), Dodo, Krivsov, Bondar, Korniyenko (Ismaili, 67), Marlos, Solomon, Antonio, Sudakov (Tete, 46), Bondarenko (Maykon, 67), Fernando (Mudrik, 46). 
Sherif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 46), Till, Bruno, Addo, Traore, Yansane.

Ko‘proq yangiliklar: