Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virusolog “omikron” shtammning “noodatiy” simptomlarini aytdi
Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi boshlig‘i Sergey Netesov koronavirusning “omikron” shtammini avvalgi shtammlardan tafovutlovchi “noodatiy” simptomlarini ma'lum qildi.

Foto: Global Look Press
Mutaxassisning ta'kidlashicha, yangi shtamm bir qator “qiziq” simptomlarga ega. Bunday simptomlar orasida tez-tez aksirish, tomoqda achishish va burun oqishi bor. Olimning ta'kidlashicha, bu alomatlar virusning Uhanda qayd qilingan variantiga xos bo‘lmagan.
Mutaxassis “omikron”ning aksariyat simptomlari boshqa shtammlarnikiga nisbatan “yumshoqroq” ekanini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, Netesov yangi shtamm haqidagi ma'lumotlar afrikalik shifokor kuzatuvlaridan olingani va boshqa davlatlar beradigan ma'lumotlarni kutish kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
“Ushbu shtamm “delta” shtammini siqib chiqarishi mumkin”, deb taxmin qilgan virusolog va “omikron” bilan kasallanganlarning barchasi koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid

19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi

18:41 / 09.01.2023
Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi

10:25 / 04.12.2022
SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi

14:05 / 21.10.2022