Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija)dan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

Foto: «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasi
Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija) – bu hozirgi zamonaviy hayot tarzini kechirayotgan insonlarda juda ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Og‘ir yuklarni ko‘tarish, kam harakat qilish va o‘tirib ishlash tarzi ko‘p hollarda disk churrasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bemorlar nevropatologlarga murojaat qiladi.
- Ko‘p holatlarda konservativ davolash uslublari yaxshi samara beradi, bemorlar beldagi va oyoqlardagi og‘riqdan xalos bo‘ladi. Bemorlarda dori darmonlar, fiziomuolajalar va manual terapiya kabi davolash uslublari yetarli samara bermasa, bunday holatlarda jarrohlik uslublariga murojaat qilinadi. Jarrohlik amaliyotlari ham bemorga jarohat yetkazish darajasiga qarab bir necha xil uslublarga bo‘linadi. Bular asosan an'anaviy va bemorga kam jarohat yetkazib bajariladigan jarrohlik uslublaridir.
Albatta hozirgi kunda yuqori texnologik, bemorga kam jarohat yetkazib o‘tkaziluvchi jarrohlik uslublari butun dunyo tibbiyotida ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi, bemorni tezroq mehnat faoliyatiga hech qanday og‘riqlarsiz qaytarish. Ushbu maqolada sizga O‘zbekiston amaliyotida mavjud bo‘lgan zamonaviy Endoskopik jarrohlik uslubi hqisqacha ma'lumot berilgan va uning afzalliklari sanab o‘tilgan.
Bu uslub har qanday kattalikdagi disk churrasini umurtqa pog‘onasi butunligi va mustahkamligini buzmagan holatda olib tashlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uslub hisoblanadi. Operatsiya jarayonida bemor terisi 8 mm kesiladi va umurtqa pog‘onasi disk churrasi joylashgan joyga diametri 6.5 mm bo‘lgan maxsus endoskop yordamida yetib boriladi. Endoskop orqali 3 mm li qisqichlar yordamida har qanday kattalikdagi disk churrasi olib tashlanadi. Endoskop maxsus yoritkich va tasvirni 25 martagacha kattalashtirib ko‘rsatuvchi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, bu jarrohlik amaliyotlari juda aniqlik bilan bajarilishiga imkon beradi. Odatda operatsiyadan so‘ng bemorga operatsiya kunining o‘zida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Umurtqa suyaklarining tabiiy holati saqlab qolinishi, bemorga tez tiklanishiga imkon beradi.
Endoskopik jarrohlik uslubining asosiy afzalliklari:
- Aksariyat holatlarda endoskopik operatsiyalar umumiy narkozsiz va faqat mahalliy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi;
- Jarohat joyi 7-8 mm kesiladi va jarohatga chok qo‘yilmaydi. Operatsiyadan so‘ng jarohat joyida deyarli chandiq qolmaydi;

Foto: «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasi

An'anaviy operatsiyadan so‘ng jarohat joyi (o‘ng tomonda).
Foto: «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasi
- Jarohat joyining kichikligi jarohat joyiga infeksiya tushish xavfini keskin kamaytiradi (jarohat yiringlashining oldini oladi);
- Operatsiya jarayonida bemorning qon yo‘qotishi juda oz miqdorni tashkil etadi (10-15 ml);
- Hech qanday suyak tizimiga zarar yetmaydi va umurtqa pog‘onasi tabiiy mustahkamligi saqlab qolinadi va bu o‘z navbatida umurtqa pog‘onasida kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning ham oldini oladi;
- Aksariyat holatlarda bemorlarga operatsiya kunining o‘zida turib yurishga ruxsat beriladi va operatsiyaning ertasi kuni uyiga ketishi mumkin;
- Eng asosiysi endoskopik jarrohlik amaliyotida mukammal yorug‘lik va tasvir 25 marta kattalashtirib ko‘rsatilishi ochiq uslubga nisbatan operatsiya jarayonidagi asoratlarni keskin kamaytiradi. Asoratlar ko‘rsatkichlarining kamligi endoskopiya operatsiyalarning asosiy yutug‘i hisoblanadi.
- Quyidagi videolavhada «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasidagi umurtqa pog‘onasi disk churralarini davolashning zamonaviy uslublari haqida qisqacha ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Hozirgi kunda umurtqa pog‘onasi disk churralarini davolashning zamonaviy jarrohlik uslublari Farg‘ona vodiysida «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasida yo‘lga qo‘yilgan va yuzlab bemorlar beldagi, oyoqlardagi og‘riqlardan xalos bo‘ldi. Agar siz va yaqinlaringizda bel, oyoqlarda og‘riqlar bo‘lsa bizning klinikamizga murojaat qilishingiz mumkin.
«Chinobod Fayz Plyus» klinikasi manzili: Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi
Mo‘ljal: 54-maktab yonida joylashgan
Murojaat uchun telefonlar: +99890 573 00 83, +99899 517 00 83
Shifoxonamizda davolangan bemorlar videolari bu yerda: t.me/bemorlarfikri
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
-
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi
O‘zbekiston | 16:33
-
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi
Jahon | 16:33
Mavzuga oid

12:00 / 28.01.2021
Umurtqa pog‘onasi disk churrasidan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

16:00 / 23.01.2021
Uch shoxli nerv nevralgiyasi klinikamizda samarali davolanmoqda – «Chinobod Fayz Plyus»

12:27 / 30.10.2020
Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashning yangi uslubi endi O‘zbekistonda

16:49 / 21.06.2020