Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali yotoqxonasidagi elektroshit yonib ketib portlagani rad etildi

O‘zbekiston 12:19 / 08.12.2021 793

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘g‘il bolalar yotoqxonasidagi elektroshit yonib ketib portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘g‘il bolalar yotoqxonasidagi elektroshit yonib ketib portlagani haqida Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushmagan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 7 dekabr kuni soat 22:00lar atrofida Termiz shahrida joylashgan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining o‘g‘il bolalar yotoqxonasida elektr ta'minoti tarmog‘ida kichik muammo kelib chiqqan. Binodagi elektroshitga yuqori yuklanish oqibatida tutun chiqqan.

«Yotoqxona komendanti tomonidan binoning elektr ta'minoti asosiy tarmoqdan uzilgandan so‘ng tutun to‘xtagan. Ushbu vaziyatda hech qanday yong‘in, portlash hodisasi sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari universitet elektrigi tomonidan bartaraf etilgan», deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 7 dekabr kuni Denov shahridagi ikki qavatli savdo markazida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 9 kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Vayronalar orasidan 2 kishining jasadi topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: