O‘zbekistondagi birinchi Magnum gipermarketi 11 dekabr kuni ochiladi

O‘zbekiston 12:00 / 08.12.2021 15345
Foto: Magnum

2021 yil 11 dekabr kuni soat 10.00 da Toshkentda yirik Qozog‘iston riteyleri Magnum Cash & Carry birinchi gipermarketining uzoq kutilgan ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

5000 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega savdo maydonchasi Bunyodkor shohko‘chasi, 52-uy (B blok) manzilidagi yangilangan ko‘p funksiyali Integro markazida joylashgan.

Toshkentdagi birinchi Magnum gipermarketi konsepsiyasi ko‘plab bo‘sh joylar, keng savdo qatorlari va tovarlar qulay joylashuvi, zamonaviy energiya tejovchi uskunalar, yorqin va o‘ziga xos interer, boy assortiment, kafe va novvoyxonalar mavjudligini nazarda tutadi.

Mehmonlarni kattalar va bolalarga mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlar, illyuzionist va animatorlar chiqishlari, afsonaviy «Yalla» guruhi va Farrux Zokirov, «Ko‘k Choy» guruhining chiqishlari xursand qiladi.

Ochilish kuni shahar bo‘ylab Magnum avtobuslari gipermarket hududigacha bepul qatnaydi, bu esa barchaga do‘konga qulay tarzda yetib borish va qaytishga imkon beradi. Batafsil marshrutni bu yerda ko‘rishingiz mumkin t.me/magnum_uzbekistan

Foto: Magnum

Shuningdek, Magnum Hyundai Elantra avtomobili, Toshkentdagi Golden House’dan xonadon, hamkorlar tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynalishini ma'lum qiladi. G‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun kamida 100 000 so‘mlik xarid kvitansiyalarini Telegram-botda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak t.me/mgmuz_bot

Do‘konda o‘zbek, xalqaro va qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat, maishiy kimyo mahsulotlaridan tortib, nooziq-ovqat mahsulotlarigacha bo‘lgan 20 mingdan ortiq assortimenti taqdim etilgan. Tez orada Qozog‘istonning «KEMMI», «Sesna», «Raxat», «A’SU», «May», «Piala» va boshqa yirik brendlari tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar gipermarket peshtaxtalarida paydo bo‘ladi.

Magnum yangi sabzavot va mevalarga alohida e'tibor beradi. Assortimentda Braziliya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Kolumbiya, AQSh, Turkiya, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari mavjud. Mahsulotlar O‘zbekistonga barcha tashish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda olib kelinadi.

Qozog‘istondan yangi go‘sht faqat Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining «HALOL» sertifikatiga ega bo‘lgan ishonchli yetkazib beruvchilar tomonidan olib kelinadi, bu esa ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida: so‘yishdan tortib saqlashgacha bo‘lgan davrda shariat qoidalariga to‘liq rioya qilinishini nazarda tutadi. Magnum’da o‘zbekistonlik eng yetakchi ishlab chiqaruvchilar ham o‘z go‘sht mahsulotlarini taqdim etadi.

Foto: Magnum

Gipermarketning muhim afzalligi 24/7 ish rejimi bo‘lib, bu tashrif buyuruvchilarga xarid qilish va shaxsiy ishlar uchun vaqtlarini rejalashtirish imkonini beradi.

Do‘konda har kuni yangi non mahsulotlari pishiriladigan novvoyxona, shuningdek, oilangiz va do‘stlaringiz bilan vaqtingizni maroqli o‘tkazishingiz uchun shinam zamonaviy kafe mavjud.

Asqar Mnaidar, Magnum Uzbekistan bosh direktori:

«Qozog‘istonda orttirgan malakamiz va ilg‘or jahon tajribasiga tayanib, biz O‘zbekistonda mahalliy o‘ziga xosliklarga moslashtirilgan universal biznes- modelini yaratdik. Bu yerda biz kompaniyamizning asosiy qadriyatlari – adolatli narxlar, keng tanlov va ishonchli xizmat tamoyilini ilgari surishda davom etamiz».

18 dekabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yana bir Magnum do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Telegram: t.me/magnum_uzbekistan

Instagram: www.instagram.com/magnum.uzb

Feysbuk: fb.com/magnum.uz

Ma'lumot:

Magnum Cash & Carry Qozog‘istondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lib, mamlakatdagi o‘nta yirik xususiy kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Qozog‘istonning 12 shahrida turli formatdagi 164 ta savdo majmuasiga (gipermarketlar, supermarketlar va kichik formatdagi «Magnum-express» va «Magnum daily» do‘konlari) ega.

Magnum Cash & Carry chakana savdo tarmog‘ining umumiy xaridorlari soni kuniga 350 000 kishidan oshadi. Kompaniyada 12 000 dan ortiq xodim mehnat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: