Bangladeshda talabaning o‘limida ayblangan 20 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Jahon 15:09 / 08.12.2021 13081

Bangladesh sudi 2019 yilda muhandislik-texnologiya universiteti talabasi Abror Fahadni o‘ldirishda aybdor deb topilgan 20 nafar kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda The Bangladesh Observer nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, sud majlisida 25 nafar ayblanuvchidan 22 nafari qatnashgan. Ularning 20 nafari oliy jazoga hukm qilindi. Besh nafariga bir umrga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, ammo uch nafari hozircha qidiruvda.

21 yoshli Abror Fahad 2019 yil 7 oktyabrda jonsiz holda topilgan. U Facebook tarmog‘ida hukumatni tanqid qilgani uchun qiynoqqa solingan, so‘ngra o‘ldirilgan.

Ushbu qotillikdan so‘ng mamlakatdagi talabalar yigitning o‘limiga sabab bo‘lganlarni topish va jazolashni talab qilib ommaviy namoyishlar o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: