Belarus G‘arb davlatlari sanksiyalariga javoban oziq-ovqat embargosi kiritdi
Belarus bir qator davlatlar, jumladan AQSh, Kanada, Norvegiya, Albaniya, Islandiya, Shimoliy Makedoniya, Britaniya, Irlandiya, Chernogoriya va Shveytsariyaning sanksiyalariga javoban ushbu davlatlardan oziq-ovqat mahsulotlari importiga taqiqlov kiritdi.

Foto: RIA Novosti
Minsk ushbu davlatlardan import qilishni taqiqlagan mahsulotlar orasida yirik shoxli chorva go‘shti, sut va sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, qandolatchilik mahsulotlari, tuz va boshqalar bor.
Ta'kidlanishicha, Belarusning ushbu davlatlarning “nodo‘stona va tahqirlovchi harakatlariga” javoban embargosi 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Belarus 2021 yilning 10 oy ichida ushbu davlatlardan umumiy hisobda 530 mln dollardan ko‘proq summaga oziq-ovqat mahsulotlari import qilgan.
Shu bilan birga, Minsk qarori shaxsiy iste'mol mahsulotlari, jumladan bolalar ozuqalari uchun mo‘ljallangan va o‘ta muhim tovarlarni qamramaydi.
2 dekabrda Yevropa ittifoqi, Britaniya, AQSh va Kanada Belarusga qarshi navbatdagi sanksiyalarni kiritdi. Ular ostiga bir qator yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, “Belavia” aviakompaniyasi, “Belaruskaliy” korxonasi va respublika prezidentining o‘g‘li Dmitriy Lukashenko tushgan.
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

23:51 / 12.11.2024
Belaruslik siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova 1,5 yil deganda otasi bilan uchrashdi

22:17 / 07.11.2024