Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yuk mashinasi kanalga ag‘darilib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 dekabr kuni soat 11:00 larda haydovchi M.D. yuk mashinasida Sho‘rchi tumani Hurlik mahallasi hududidan o‘tgan ichki yo‘lda, yuk mashinalari o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda pastlikka ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Haydovchiga yordam ko‘rsatilib, ko‘tarma kran yordamida mashina chuqurlikdan olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.