Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Rossiyaning ekipaji mast holatda bo‘lgan yuk kemasi ushlandi
Polshaning Gdansk port shahri yaqinidagi plyajga qarab suzgan va sayozlikka o‘tirib qolishiga bir bahya qolgan Rossiyaga qarashli “Ruslana” yuk kemasi ushlandi. Polsha OAVda ta'kidlanishicha, keyinroq kema ekipaji mast holatda bo‘lgani aniqlangan.

Foto: VesselFinder
Voqea 4 dekabrda mahalliy vaqt bilan soat 4 atrofida yuz bergan. Chegara xizmati xodimi Anjyey Yuzvyakning ma'lum qilishicha, Rossiya savdo kemasi Gdanskdagi shimoliy port tomon belgilangan xavfsiz suv hududidan tashqarida harakatlangan.

Yuk kemasi radioaloqa orqali murojaatlarga javob bermagan. Natijada uni to‘xtatish uchun chegara xizmati aralashishiga to‘g‘ri kelgan.
Kema tomon navbatchi patrul yo‘l olgan. Chegarachilar kemaga chiqishganda, uning ekipaji mast holatda ekanini aniqlashgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Litvaning Klaypeda shahridan yo‘lga chiqqan kema 20 km/soat tezlik bilan harakatlangan. U Sobeshevo orolidagi plyajdan bir kilometr berida ortiga burilib, sayozlikka botishdan qocha olgan.
Hozircha kema ekipaji bu manyovrni sohilbo‘yi xizmati ogohlantirishidan keyin yoki oxirgi pallada sohilga urilishini anglab amalga oshirgani noma'lumligicha qolmoqda.
Ekipaj sardori qonida 1 promille, ekipajning qolgan 2 a'zosi qonida esa 1,5 promilledan alkogol borligi aniqlangan. Bu esa ekipaj a'zolari o‘rtacha darajada mast (80 kg vaznga ega erkakka 250 gramm aroq iste'mol qilish) bo‘lganlarini anglatadi.
Ta'kidlanishicha, Gdinya porti xodimlari chegara xizmati bilan hamkorlikda kemani ko‘zdan kechirib chiqishgan. Voqea haqida politsiyaga xabar berilgan. Kema Gdansk porti yaqinida langarga qo‘yilgan.
Hozircha Rossiya rasmiy shaxslari ushbu hodisa bo‘yicha izoh bermagan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

23:03 / 24.06.2025
Bortida 3 mingta avtomobil bo‘lgan kema Tinch okeanida cho‘kib ketdi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025