AQSh 2025 yilgacha 500 taga yaqin yangi yadro bombasi ishlab chiqarishi ma'lum qilindi

Jahon 23:17 / 05.12.2021 6924

Ushbu miqdor Xitoy, Fransiya, Britaniya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Koreya va Isroilda mavjud bo‘lgan yadro qurollaridan ko‘proqni tashkil qiladi.

B61-12 yadro bombalari AQShda 1968 yilda qurollanishga olingan B61 turidagi bombaning oxirgi modifikatsiyasi hisoblanadi. Bomba AQShning stels texnologiyasiga ega B-2 Spirit bombardimonchi va NATOning Yevropadagi boshqa turdagi qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQSh Yevropada taktik aviatsiya tomonidan qo‘llash uchun 100-150 ta yadro aviabombasiga ega.  

Avvalroq B61-12 bombasining ilk seriyali nusxasi ishlab chiqarilgani ma'lum qilingandi. Bomba Texasdagi Pantex korxonasida 23 noyabrda ishlab chiqarilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQShda bunday yangi yadro bombasidan kamida 10 dona bor.  

Birinchi bosqichda ushbu bombalardan aksariyati AQShning qit'adagi qismida joylashtirilishi, keyinroq esa Yevropadagi aviabazalarga yetkazilishi mumkin.

B61-12 aviabombalari AQShning Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya va Turkiyadagi aviabazalarida joylashtirilishi taxmin qilinmoqda.

Yangi bombaning avvalgilaridan farqi uning dum qismidagi qo‘llash aniqligini oshiruvchi inersial nishonga olish tizimida bo‘lib, u bombani boshqarish imkonini beradi va uni aniqroq qiladi. Bunday bombani parashyutda tushirmay, katta balandlikda uchayotgan samolyotdan tashlash mumkin. Bomba tashlangandan keyin nishon tomon bir necha kilometr o‘zi mustaqil ravishda harakatlana oladi.

Ko‘proq yangiliklar: