Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADUda ota-onalar majlisiga kelgan ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon davlat universitetida ota-onalar majlisiga kelgan 28 yoshli ayol 4-qavatdan tushib ketib, og‘ir tan jarohati oldi. Binoning bu qismida ta'mirlash ishlari ketayotgani tufayli zinalardan to‘siq olib tashlangan bo‘lgan.

4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosining to‘rtinchi qavatidan homilador ayol tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Universitet axborot xizmati hodisada jabrlanuvchi ta'mirlash hududida o‘rnatilgan belgilarga e'tiborsiz bo‘lganini bildirib, u homilador bo‘lgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
«4 dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining ota-onalari uchun majlis o‘tkazilgan. Majlis universitetning Tarix fakulteti binosining 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig‘ilishdan chiqib, telefonda yaqinlari bilan suhbatlashish davomida qurilish bo‘layotgan hududni anglatuvchi to‘siqlarga ahamiyat bermasdan zinapoyaga yurishi natijasida tushib ketgan.
Hodisa yuz bergan vaqtning o‘zidayoq universitetning mas'ul xodimlari tomonidan shoshilinch tez yordam chaqirilib, fuqaro respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet ma'muriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda ushbu binoda kapital ta'mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan zina tomondan chiqish yopilgan. To‘rtinchi qavatda xavfsizlikni ta'minlash, talabalarni qurilish bo‘layotganidan ogohlantirish uchun to‘siq sifatida stollar oralatgan holatda joylashtirilgan. Shunday bo‘lsa-da, fuqaro boshqa xayollar bilan to‘siqqa e'tibor qilmasligi natijasida baxsiz hodisa sodir bo‘lgan», deyilgan xabarda.
5 dekabr kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.
«4 dekabr kuni 28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga ushbu oliygohning 2-bosqich talabasining oila a'zosi sifatida ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgan Tarix fakulteti binosida bo‘lib o‘tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.
Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to‘siqlari bo‘lmagani sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og‘ir tan jarohati olgan.
Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan S.Haus MChJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to‘siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.Haus MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi xabarda.
Hozirda Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

09:46 / 08.08.2025
Andijonda 4,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

21:20 / 06.08.2025
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi

20:17 / 05.08.2025
Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

14:30 / 04.08.2025