Ilon Mask hushtak sota boshladi

Jahon 18:37 / 01.12.2021 10012

Milliarder va Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask yangi gadjetni taqdim etdi. U Twitter sahifasida Cyberwhistle hushtagi sotuvi boshlanganini e'lon qildi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Cyberwhistle – oddiy hushtak emas, balki premium-toifadagi kolleksion gadjet. U zanglamaydigan po‘latdan ishlangan va ko‘rinishi Cybertruck elektromobilini eslatadi.

Foto: Tesla

“Cybertruck elektromobilidan ilhomlanib cheklangan miqdorda chiqarilgan Cyberwhistle hushtagi zanglamaydigan tibbiyot po‘latidan tayyorlangan premium-toifadagi kolleksiya buyumi hisoblanadi”, — deyiladi mahsulot haqida.

Cyberwhistle narxi 50 dollar bo‘lib, uning dastlabki partiyasi sotib bo‘lingan.

Ko‘proq yangiliklar: