Turkiyaning bir nechta viloyatiga kuchli bo‘ron yopirildi

Jahon 21:30 / 29.11.2021 14352

Shuningdek, 10ga yaqin odam jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbulning Chatalja tumanidagi soatli minora qulashi, turli hududlarda uylar tomlari shamol bilan qo‘porib yuborilishi videosi tarqaldi. 

Turkiya meteorologik xizmati Marmar dengizi bo‘yidagi bir nechta viloyat uchun bo‘ron ogohlantirishini bergan. Ta'kidlanishicha, shamol kuchi 80 km/soatgacha yetgan. 

Ko‘plab viloyatlarda shamol uylar tomlarini va turli konstruksiyalarni uchirib yuborgan.

Bundan tashqari, Bosfor ko‘rfazi orqali kemalar qatnovi to‘xtatilgan. Shuningdek, Turkish Airlines aviakompaniyasining bir nechta samolyoti shamol tufayli Istanbul aeroportiga qo‘na olmagan, ular Anqara va Izmirga yo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: