Surxondaryoda o‘g‘liga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 09:07 / 29.11.2021 2950

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida o‘g‘liga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 noyabr kuni soat 21:00larda, Sho‘rchi tumanida yashovchi, A.Alisher yashash uyida voyaga yetmagan o‘g‘li V.Valisher bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan. So‘ng qo‘lidagi osh pichog‘ini otib yuborishi oqibatida V.Valisherning chap biqin qorin bo‘shlig‘iga kirib, tan jarohat yetkazgan.

Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni A.Alisherga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: