Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 613 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.
2021 yilning 10 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 551 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- Litva – 13 ta;
- Germaniya – 9 ta;
- AQSh – 7 ta;
- Koreya – 5 ta;
- Ispaniya – 2 ta;
- Rossiya – 1 ta;
- Hongkong – 1 ta.
2021 yilning oktabr oyida O‘zbekiston xorijdan 55 ta elektromobil import qilgan.
Avvalroq, elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilari berilishi ma'lum qilingandi.