Avstriyada o‘n minglab odamlar majburiy emlashga qarshi namoyishga chiqdi

Jahon 22:47 / 27.11.2021 2684

Avstriyaning yirik shaharlarida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq yangi cheklovlarga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Ular koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilishiga nisbatan norozilik bildirdi.

Avstriya politsiyasining ma'lumot berishicha, butun mamlakat bo‘ylab 40 ming kishi norozilik namoyishlariga chiqqan.

Grats shahrida o‘tkazilgan namoyishda o‘n minglab kishilar qatnashgan – bu Ikkinchi jahon urushi davridan buyon o‘tkazilgan eng yirik aksiya hisoblanadi.

Avstriyada noroziliklar mamlakat hukumati 22 noyabrdan umummilliy lokdaun joriy etgani va 2022 yil 1 fevraldan barcha fuqarolarni koronavirusga qarshi majburiy emlash kampaniyasini boshlashi haqida ma'lum qilganidan so‘ng boshlandi.

Avvalroq Avstriya hukumati mamlakatga barcha turistlarning kirishini taqiqlagandi. Mazkur taqiq 3 dekabrgacha amal qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: