Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘quvchilarning sumkalari Milliy gvardiya tomonidan tekshirilayotgani bo‘yicha ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda maktab o‘quvchilarining sumkalari Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan tekshirilayotgani va bu xatti-harakatlar noqonuniyligi haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Milliy gvardiya ma'lumotiga ko‘ra, 25 noyabr kuni taxminan soat 12:30larda poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, oddiy askarlar Z.Meliqo‘ziyev va M.Madaminovlarga murojaat qilgan. Murojaat mazmun-mohiyati o‘smirlarning jamoat joyida “bombochka portlatgani”dan iborat bo‘lgan.
Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar belgilangan joyga borib, u yerda uch nafar voyaga yetmagan bolani ko‘rgan. Ikki nafar 5-sinf o‘quvchisi A. Sh. va R. Sh. pirotexnika vositalarini odamlarga, asosan, keksalar va ayollarga tashlagan. O‘smirlardan biri harbiy xizmatchilarning pirotexnika vositalarini ularga topshirish talabiga bir quti “bombochka” bergan, ikkinchisi uni sumkasiga yashirgan. Sumka ichidagi pirotexnika vositalari olib qo‘yilayotgan vaqtda mazkur holat fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, internetga joylangan.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasiga muvofiq, pirotexnika vositalaridan foydalanish huquqbuzarlik deb topilib, buning uchun huquqbuzarlik ashyolari musodara qilingan holda jarima solishga sabab bo‘ladi. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari voqea haqida zudlik bilan xabardor qilingan.
Harbiy xizmatchilar “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi qonunning 26-, 27-moddalariga asosan harakat qilgani, ular xatti-harakatida qonunbuzilish va mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlari kuzatilmagani aytiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
-
Oziq-ovqatdagi me’yor: ortiqcha yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
Jamiyat | 20:52
Mavzuga oid

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

14:13 / 02.07.2025
Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

18:43 / 16.05.2025