Smartavia Sankt-Peterburgdan Buxoro va Namanganga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 07:27 / 26.11.2021 2054

«23 noyabr kuni Pulkovo xalqaro aeroportida Smatavia aviakompaniyasining Buxoroga birinchi muntazam qatnovi amalga oshirildi. Avvalroq aviatashuvchi O‘zbekistonga parvozlarni faqat charter dasturi doirasida amalga oshirgan. 1 dekabrdan Smartavia Sankt-Peterburgdan Namanganga yangi muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi», deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Pulkovodan Buxoroga aviakompaniya har hafta seshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Namanganga laynerlar har chorshanba kuni soat 22:10 da uchadi. 

1 apreldan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklandi. Uzbekistan Airways milliy aviatashuvchisi va «Aeroflot»ning haftada to‘rt martalik muntazam reyslari bilan bir qatorda, ikki davlat o‘rtasida charter reyslari ham amalga oshirila boshlandi. 

Avvalroq, O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etilayotgani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: