Renault o‘z mashinasi uslubida kvadrokopter ishlab chiqdi

Jahon 21:52 / 26.11.2021 4867

Renault kompaniyasi Renault 4 avtomobil modeli uslubida ishlab chiqilgan kvadrokopterni namoyish qildi. E'tiborlisi, qurilma Renault 4 kuzovi nusxasi bilan jihozlangan va Renault Air4 deb nom olgan.

Konseptni fransuz kompaniyasi uchun TheArsenale kompaniyasi ishlab chiqqan. Qurilma bir o‘rindiqli bo‘lib, ugleplastikdan ishlangan. U sig‘imi 90 A-soatli 100 voltli litiy-polimer batareya va umumiy tortish quvvati 380 kg bo‘lgan 4 ta parrak bilan jihozlangan.

Renault Air4 kvadrokopteri 700 metrgacha balandlikka 4 m/soniya tezlik bilan ko‘tarila oladi va gorizontal parvozda 90 km/soatgacha tezlikda ucha oladi. Parvoz vaqtida qurilma 70 daraja burchakka egilishi mumkin.

Renault 4 mashinasi 1961 yildan 1992 yilgacha hamyonbop model sifatida ishlab chiqarilgan, 2021 yilda mashinaning 60 yilligi munosabati bilan uning negizida yaratilgan bir nechta konsept-kar tayyorlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: