Organik mahsulot ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:19 / 26.11.2021 1636

Vazirlar Mahkamasining “Organik mahsulot ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Textile Technologies Group”, “Baraka Meva Sanoat Servis” hamda “Textile Standard Services” mas'uliyati cheklangan jamiyatlarining Organik mahsulot ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

2022 – 2026 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlarida bosqichma-bosqich organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili sentabr oyida organik mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish bo‘yicha ilovadan kelib chiqib, chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uyushmaga:

  • fermer va dehqon xo‘jaliklari, klaster va kooperatsiyalar hamda tomorqa yer egalarini organik mahsulot ishlab chiqarish bilan qiziqtirish, ularni bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv tanishuv safarlarini tashkil etish;
  • sohaga oid ko‘rgazma, seminar va anjumanlar tashkil qilish, shuningdek, chet mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va o‘quv seminarlarida ishtirokini ta'minlash;
  • organik urug‘ yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, xorijiy davlatlardan organik urug‘larni olib kelish va ishlab chiqarilgan organik mahsulotlarni mahalliy bozorlarga hamda chetga eksport qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi.  

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi uyushma bilan birgalikda tajriba sifatida bitta tuman hududini organik paxta xomashyosini yetishtirishga ixtisoslashtiradi, organik mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi klaster tashkil etish choralarini ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: