Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda 115ta kichik sanoat zonalari yangidan tashkil qilinadi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar: hududlarda yangidan tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalari ro‘yxati (115ta); mavjud va yangidan tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar manzilli ro‘yxatlari tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, yangi tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalari bo‘yicha: bosh reja loyihalarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender savdolari orqali aniqlanadi; manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan obektlarni moliyalashtirish kichik sanoat zonalari bosh rejalari ishlab chiqilgandan so‘ng ta'minotchi korxonalar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga manzilli ro‘yxatlarga qo‘shimcha loyihalar (obektlar)ni kiritish, shuningdek, mavjud samarasiz loyihalarni chiqarib tashlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
Moliya vazirligi 2022 yil uchun konsolidatsiyalashgan budjetning jamlanma parametrlarida maxsus iqtisodiy, kichik sanoat hamda yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash ishlariga 2,0 trln so‘mlik xarajatlarni ko‘zda tutadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan

07:28 / 09.03.2022