Sobyanin kommunal sohadagi migrantlar sonini kamaytirishga chaqirdi

Jahon 15:21 / 25.11.2021 5114

Moskva meri Sergey Sobyanin rayonlardagi kommunal xo‘jaliklarni migrantlar sonini kamaytirishga chaqirdi.

«Shahardagi yirik kommunal korxonalarda migrantlar deyarli yo‘q. Ular uy-joy kommunal xo‘jaliklarida qolgan xolos. Ammo menimcha, ularning o‘rniga rezervlar yetarli», — dedi u.

Sobyanin o‘tgan haftada renovatsiya dasturi doirasidagi qurilishlarda migrantlar soni kamaytirilishini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilishlarga «boshqacha sifatdagi, boshqacha maosh oluvchi ishchilar kerak».

Sobyanin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Moskvadagi qurilish obektlarida mehnat qilayotgan migrantlar soni ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.  

Ko‘proq yangiliklar: