Finlandiya O‘zbekistonga yangi pedagogik usullarni joriy etishda yordam beradi

O‘zbekiston 11:55 / 25.11.2021 3276

O‘zbekiston ta'lim tizimida Finlandiya tajribasini yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublika Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Finlandiyaning Milliy ta'lim agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum 11 banddan iborat bo‘lib, unda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari ko‘zda tutilgan:

  • sifatli ta'lim va ta'lim amaliyotini rag‘batlantirish maqsadida ta'lim tizimini rivojlantirish, jumladan, yangi pedagogik usullar, o‘qitish jarayonlari, pedagogik boshqaruv, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tadqiq etish, baholash va joriy etish;
  • ta'lim ma'murlari, shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ta'lim texnologiyalari mutaxassislari uchun qo‘shma konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishni rag‘batlantirish orqali ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish;
  • ikki davlat vakillari, pedagog va tadqiqotchilarning tashriflari orqali o‘zaro ilg‘or tajribalarni almashishga ko‘maklashish;
  • o‘qituvchilar malakasini oshirish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish;
  • o‘quv dasturlari va malakalarini ishlab chiqish;
  • raqamli o‘quv muhitida axborot va tajriba almashish, raqamli iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda To‘rtinchi sanoat inqilobi muammolari bo‘yicha davlat va xususiy sektor tajribasini o‘rganish;
  • maktabgacha ta'lim va tarbiya, asosiy ta'lim, yuqori o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi va zarurat tug‘ilganda o‘qituvchilar ta'limi darajasida ta'lim siyosati sohasidagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • o‘qituvchilar malakasini oshirishni rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish sohasida innovatsion pedagogik tajriba almashish va yangi texnologiyalardan foydalanishga ko‘maklashish;
  • innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, o‘qitishda qo‘llanadigan yangi texnologiyalar va yangi metodikalardan foydalanish va o‘zlashtirish, XXI asr taraqqiyoti bilan bog‘liq ta'lim loyihalari va ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar, shuningdek, talabalar, o‘qituvchilar, direktorlar va tadqiqotchilarning birlamchi va virtual umrbod ta'lim olishiga oid ma'lumotlar almashish;
  • qarorlar qabul qilish va har bir ishtirokchi va ularning sub'yektlarining ta'lim muassasalarini mustahkamlash uchun strategik ma'lumotlarni olish maqsadida baholash va baholash tizimlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
  • har bir mamlakatda xorijiy malakalarning tan olinishini rivojlantirish, shuningdek, tan olish tartib-qoidalarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur ma'lumotlar almashish.

Ma'lumot uchun, Finlandiya Milliy ta'lim agentligi erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va parvarish qilish, maktabgacha va asosiy ta'lim, to‘liq o‘rta ta'lim va kasb-hunar ta'limi, kattalar ta'limi uchun mas'ul bo‘lgan milliy rivojlanish agentligidir. Finlandiya Ta'lim milliy agentligi faoliyatiga milliy ta'lim siyosatini amalga oshirish, milliy asosiy o‘quv dasturlari va malaka talablarini tayyorlash, pedagogik kadrlarni rivojlantirish, ta'lim sektori uchun ma'muriy xizmatlar ko‘rsatish kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: