Farg‘onada o‘qiyotgan toshkentlik talaba qiz
Talabalikni oltin davrga qiyoslashadi. Bu davr inson hayotida sarguzashtlarga boy bo‘lgan davrdir. Ko‘pchilik yoshlar poytaxtga kelib tahsil olishni xohlashadi. Ammo bizning qahramonimiz Toshkent viloyatidan kelib Farg‘ona davlat universitetida ta'lim olmoqda.

Gavhar Yertayevaning nima uchun aynan FarDUda tahsil olayotganiga qiziqib, u bilan suhbatlashdik. Yosh talaba o‘zi va oilasi, tug‘ilib o‘sgan uyidan olisda bo‘lishiga qaramay, Farg‘onada tahsil olish sabablari haqida so‘zlab berdi.
«Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilganman. Oilada 3 farzandmiz. Men kenja farzandman. Opam va akam bor. Opamning oilasi ish yuzasidan Farg‘onaga kelib o‘rnashib qolgan.
Bu yil o‘qishga topshirgandim. 5 ta oliy o‘quv yurtidan biri Farg‘onada edi. Nasib ekan Farg‘onaga kelib o‘qiyapman. FarDUning maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti 1-kurs talabasiman.
Maktabni tamomlaganimdan so‘ng pishiriqlar tayyorlashga qiziqdim. 5 oy davomida o‘qib ham ishladim. Undan keyin o‘zim mustaqil ish boshlagandim. FarDUga o‘qishga kirganimdan keyin u ishni vaqtincha to‘xtatdim.
Fantaziyalar yaratib pishiriqlar tayyorlashga qiziqaman. Pishiriq tayyorlash mening xobbim bo‘lgan».
Talaba Farg‘onaga yangi kelgan paytlari tug‘ilib o‘sgan shahrini sog‘inib, qiyin ahvolga tushgani haqida hikoya qildi. Uning onasi ham pedagog bo‘lib ishlagan ekan.
«Farg‘onaga yangi kelganimda qiynaldim. O‘zim tug‘ilib o‘sgan shahrimni sog‘indim. Hozir esa musofir yurtda yashashga ko‘nikib ketdim. Toshkentdagi maktab o‘qituvchilarim qattiqqo‘l edi. Farg‘onadagi o‘qituvchilar esa undan-da qattiqqo‘lroq ekan. Darslardayam faol bo‘lishga harakat qilyapman.
Maktabda rus tili va adabiyoti fanini yaxshi ko‘rar edim. O‘sha qiziqishim bu yerda qo‘l kelyapti.
Sinfdoshlarim ko‘pchiligi pulga qiziqib, hozirda o‘qishni bir tomonga surib qo‘yib, o‘zini biznesga urgan. Ular o‘zini oyoqqa turg‘azib oila qurmoqda. Men o‘qish yo‘lini tanlab, kelajagimni o‘ylab shu yo‘nalishdan ketyapman.
Maktabgacha ta'lim yo‘nalishini tanlaganimning boisi — onam o‘zlari pedagog. Avvallari onamning ishxonalariga borganimda dars o‘tayotganlarini ko‘rib, sohaga qiziqishim ortgan. Men ham onamning yo‘nalishida ketyapman. Shu sohaga o‘qishga kirganimda ham onam xursand bo‘ldi».
Gavhar Yertayeva o‘qishni tamomlagach, Toshkentga qaytib borib, xususiy bog‘cha tashkil qilmoqchi ekanini ta'kidladi.
«O‘qishni tamomlab, Toshkentga qaytganimda o‘z ustimda yana ishlab, ilm olib bog‘cha ochish niyatidaman. Rejamdagi bog‘cha xususiy bo‘lib, boshqaruvi o‘z qo‘limda bo‘ladi. Rus tili chuqur o‘rgatiladigan bog‘cha yakshanba kunlari ham ishlaydigan bo‘ladi. Maktabga chiqish arafasida turgan bolajonlarga maktabga tayyorlov to‘garaklarini tashkil qilmoqchimiz».
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xarkivda Rossiya dronlari zarbalarida 20 dan ortiq kishi jarohatlandi
Jahon | 12:50
-
Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni deyarli ikki barobar kamaydi
Jahon | 12:47
-
Karachi va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:31
-
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:31
Mavzuga oid

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

20:36 / 04.07.2025