BAA vakili Interpol prezidenti etib saylandi

Jahon 14:24 / 25.11.2021 4439

BAA tashqi ishlar vazirligi bosh inspektori Ahmad Nosir Al-Raisiy Interpol prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Al-Raisiy to‘rt yil muddatga saylangan.

U koreyalik Kim Chon Yanning o‘rnini egalladi. Bunga qadar Al-Raisiy Interpol ijroiya qo‘mitasi a'zosi edi.

Tashkilotning sobiq rahbari bu lavozimni 2018 yil noyabrda egallagandi.

Tashkilotga yangi prezident saylash Istanbulda o‘tkazilgan Interpol bosh assambleyasi davomida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: