Qoraqalpog‘istonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilinadi

O‘zbekiston 07:33 / 24.11.2021 2381

Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:

  • hududda yurak-qon tomir, o‘tkir ichak, buyrak, o‘pka, onkologik va boshqa turdagi kasalliklarni barvaqt aniqlash va yuqori texnologik davolash usullarini amaliyotga tatbiq qilish;
  • respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda sayyor maslahatlar, mahorat darslari o‘tkazib berish;
  • respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda NNTlarning malakali mutaxassislarini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tizimli jalb qilish choralarini ko‘rish.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida biriktirilgan respublika tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxati.

Malakali mutaxassislarning temiryo‘l transporti bilan kelib-ketishiga oid xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ko‘proq yangiliklar: