Qashqadaryoda poyezdlar qatnovi sababli yo‘llar yorilib ketgani aytildi

O‘zbekiston 10:42 / 24.11.2021 1385

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Tengdosh” MFY aholisi tomonidan poyezdlar qatnovi sababli yo‘llar yorilib ketgani va odamlar qatnovda qiynalayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarlar yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, G‘uzor tumani “Tengdosh” MFY aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatda aks etgan holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbariyati mahalliy aholi bilan uchrashgan va holat joyida o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hudud orqali “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob”, tezyurar “Nasaf”, shaharlararo poyezdlar hamda yuk poyezdlari muntazam ravishda qatnaydi. Ushbu aholi yashash punkti yaqinidan o‘tuvchi temir yo‘lda piyodalar uchun qo‘riqlanadigan maxsus joyi mavjudligi aniqlangan. Ushbu joydan o‘tish, temir yo‘lning boshqa tomoniga borish va qaytish uchun sharoitlar yaratilgan.

«Suhbat davomida mahalliy aholining asosiy muammosi boshqa masalada ekani, ya'ni magistral avtoyo‘ldan qishloqqa olib boruvchi yo‘lning uzoqligidan shikoyat qilindi. Aholiga yordam tariqasida qishloq oqsoqollari bilan kelishilgan holda “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK tomonidan yordam tariqasida qishloqqa olib boruvchi yana bir boshqa ta'mirtalab qisqa avtoyo‘lni qaytadan ta'mirlash uchun kelishildi hamda tez orada ta'mirlash ishlari boshlanishi ta'kidlandi», deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: