O‘zbekistonga 10 oyda 300 mln litr benzin import qilindi

O‘zbekiston 07:28 / 24.11.2021 3212

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan. 

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
 

  • Rossiya – 142,3 mln litr; 
  • Turkmaniston – 136 mln litr;    
  • Qozog‘iston – 16 mln litr; 
  • Iroq – 3,6 mln litr; 
  • Eron – 1,8 mln litr.

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avvalroq, iqtisodchi Abdulla Abduqodirov O‘zbekistonda benzin narxi barqarorlashishi uchun importga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlash kerakligini aytgandi

U Kun.uz'ga bergan intervyusida to‘siqlar saqlanib qolayotganini “bu yerda kimlarningdir manfaati bo‘lishi mumkin”ligi bilan izohladi.

Ko‘proq yangiliklar: