Nangarhor viloyatida IShIDning kamida 80 nafar jangarisi toliblarga taslim bo‘ldi

Jahon 15:28 / 24.11.2021 10153

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida IShID terrorchilik guruhining kamida 80 nafar jangarisi toliblarga taslim bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, terrorchilar qabilalar oqsoqollari vositachiligi tufayli taslim bo‘lgan.

Oxirgi uch oy davomida Afg‘onistonning qator hududlarida bir nechta portlashlar va qurolli hujumlar amalga oshirildi.

Bu holatlarning ayrimlari uchun javobgarlikni "IShID Xuroson" guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: