Ilon Mask Tesla’ning yana 1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

Jahon 14:32 / 24.11.2021 4124

Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniyaning 1,05 mlrd dollarlik aksiyalar paketini sotdi, deb xabar berdi Reuters.

Mask uch haftadan buyon o‘z kompaniyasining aksiyalar paketlarini sotmoqda. U shu kunga qadar qiymati 9,9 mlrd dollarga teng 9,2 mln dona aksiya sotdi.

U 6 noyabrda Twitter’da foydalanuvchilar o‘rtasida o‘z aksiyalarini sotish borasida so‘rovnoma o‘tkazgandi. Mask buni 15 mlrd dollarlik soliqni to‘lash uchun qilayotganini aytgandi. Foydalanuvchilarning aksariyati uning bu fikrini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng 8 noyabr kuni 1,1 mlrd dollarlik dastlabki aksiyalar paketini sotdi.  

Ilon Mask dunyoning eng boy odami hisoblanadi. Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, uning boyligi miqdori 300 mlrd dollardan ortiq.

Ko‘proq yangiliklar: