Hokimlarning vakolat chegarasi aniq belgilab qo‘yiladi

O‘zbekiston 09:47 / 24.11.2021 20731

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini ta'minlash va “mobil boshqaruv apparati”ni yaratish maqsad qilingan.

Farmoyishga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida qator jihatlar ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

Ular orasida davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, rahbar o‘rinbosarlarining yo‘nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash, vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish, boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to‘liq raqamlashtirish, “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish, davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish, vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga o‘tkazish bor.

Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarini bitta ma'muriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat ko‘rsatish, kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to‘liq joriy qilish, o‘z ustida ishlamaydigan va mas'uliyati bo‘lmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy ta'sir”ni amalga oshirish, vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish, davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish, tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o‘tkazish tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: