Favoritlar yo‘llanmaga yaqin. YeChL guruhlarida navbatdagi o‘yinlar arafasidagi vaziyat

Sport 17:43 / 24.11.2021 13323

Har bir o‘yinning alohida e'tiborga loyiqligi shundaki, maydonga tushadigan jamoalarning har birida hech bo‘lmasa Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib qolgan. «Liverpul» va «Ayaks» guruhda 1-o‘rin masalasini hal qilib ulgurgan bo‘lsa-da, bu jamoalar ham doim muxlislar uchun chiroyli futbol namoyish etishlari bilan tanilgan. Quyida A-D guruhlaridagi vaziyat va jamoalar imkoniyati haqida.

A guruhi

Manchesterda o‘ziga xos arab derbisi bo‘lib o‘tadi va bu o‘yin natijasi guruh g‘olibi masalasini hal qilishi mumkin. «Manchester Siti» g‘alaba qozonsa, so‘nggi tur natijasidan qat'i nazar 1-o‘rinni olib, pley-offga chiqadi. To‘g‘ri, ushbu o‘yindagi durang ham «shaharliklar» peshqadam sifatida qolishini ta'minlaydi, ammo oxirgi turda «PSJ» «Bryugge»ni qabul qilishi, «Manchester Siti» esa safarda «Leypsig»ga qarshi qiyin o‘yinda maydonga tushishini e'tiborga olsak, imkon qadar bugungi o‘yinda barcha masalani hal qilish lozim.

Ikkinchi juftlikdagi «Bryugge»da ham nazariy jihatdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. Buning uchun belgiyaliklar qolgan ikki o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashi, «Manchester Siti» va «PSJ»dan biri har ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrashi talab etiladi. Masalan, bugun «Bryugge» safarda «Leypsig»ni yengib, «PSJ» Manchesterda mag‘lubiyatga uchrasa yoki durang qayd etsa, oxirgi turdagi «PSJ» – «Bryugge» o‘yini hal qiluvchi bo‘ladi.

Tabiiyki, «Leypsig»da ham o‘ziga yarasha motivatsiya mavjud. Nemislar «Bryugge» ustidan g‘alaba qozonib, ulardan o‘zib ketishi mumkin. Bu esa hech bo‘lmasa Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam beradi.

Taxminiy tarkiblar

«Manchester Siti» - «Pari Sen-Jyermen» (01:00. Mahalla va MatchTV)
«Man Siti»: Ederson; Uoker, Ruben Diash, Lyaport, Joau Kanselu; Bernardu Silva, Rodri, Gundo‘g‘an; Mahrez, Foden, Sterling
O‘ynamaydi: de Breyne (kasallik), Ferran Torres (oyoq kafti)
So‘roq ostida: Grilish (aniqlashtirilmagan).

«PSJ»: Navas; Xakimi, Markinos, Kimpembe, Nunu Mendesh; Guey, Paredes, Verratti; Messi, Mbappe, Neymar
O‘ynamaydi: Draksler, Letele, Rafinya (barchasida son qismidagi jarohat)
So‘roq ostida: Kimpembe (bel mushaklaridagi jarohat), Mbappe (kasallik), Ramos (formada emas).

«Bryugge» - «RB Leypsig»
«Bryugge»: Minole; Mata, Hendri, Nsoki, Sobol; Sova, Balanta, Rits, Lang; Vanaken, de Ketelare
O‘ynamaydi: Iskerdo (aniqlashtirilmagan)
So‘roq ostida: Vormer (tovondagi jarohat)

«Leypsig»: Martines; Simakan, Gvardiol, Orban; Myukile, Kampl, Laymer, Anxelino; Nkunku; Forserg, Andre Silva
O‘ynamaydi: Adams (diskvalifikatsiya), Gulachi (kasallik), Halstenberg (tizza), Olmo (son), Poulsen (boldir), Sarachchi (tizza)
So‘roq ostida: Aydara (golenostop), Laymer (beldagi jarohat), Simakan (shamollash), Soboslai (golenostop)
Sariq kartochkasi bor: Simakan.

V guruhi

Ushbu guruhda yaqqol yetakchi bor – «Liverpul» 4 o‘yinda 100 foizlik natija ko‘rsatib, guruh g‘olibligi masalasini muddatidan oldin hal qilgan. Bugun «Enfild»da mehmon bo‘ladigan «Portu»ga esa ochko suv va havodek zarur. O‘z navbatida «Milan» pley-offga chiqish uchun so‘nggi imkoniyatini Madridda «Atletiko»ga qarshi o‘yinda ishlatib ko‘radi.

Katta ehtimol bilan ikkinchi yo‘llanma masalasi 6-turda «Portu» – «Atletiko» o‘yinida hal bo‘ladi. Katta ehtimol bilan o‘sha o‘yin g‘olibi yakunda «Liverpul»ga sherik sifatida Chempionlar Ligasining bahordagi o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Kurashga «Milan» ham aralashishi mumkin, buning uchun italiyaliklar bugun Madridda, so‘nggi turda esa «Liverpul» ustidan o‘z maydonida g‘alaba qozonishi talab etiladi. Qolaversa, boshqa o‘yinlar ham «Milan» uchun kerakli hisobda yakunlanishi, ya'ni «Portu» bugun «Liverpul»da mag‘lubiyatga uchrab, so‘nggi turda «Atletiko»ni yenga olmasligi kerak bo‘ladi.

Taxminiy tarkiblar

«Liverpul» - «Portu» (01:00. Sport2 va Match Futbol2)
«Liverpul»: Alisson; Uilyams, Konate, van Deyk, Tsimikas; Oksleyd-Chemberlen, Fabino, Henderson; Saloh, Minamino, Mane
O‘ynamaydi: Elliot (golenostop), Firmino (son mushaklaridagi jarohat), Gomes (boldirdagi jarohat), Jons (ko‘z)
So‘roq ostida: Jota (lat yegan), Keyta, Milner (bel sohasida jarohat), Origi (kasallik), Roberson (son)
Sariq kartochkasi bor: Milner

«Portu»: Diogu Koshta; Vendell, Mbemba, Pepe, Joau Mariu; Uribe, Serjiu Oliveyra, Dias, Otavio; Torimiy, Evanilson
O‘ynamaydi: Markano (golenostop)
So‘roq ostida: Pepe (oyoq)
Sariq kartochkasi bor: Uribe, Vitinya

«Atletiko» - «Milan» (01:00. Atletiko — Milan / Yoshlar va Match Futbol1)
«Atletiko»: Oblak; Karrasko, Savich, Ximenes, Ermoso, Vsalko; Koke, Lorente, Lemar; Grizmann, Suares
O‘ynamaydi: Felipe (diskvalifikatsiya), Joau Feliks (boldirdagi jarohat), Tripper (yelka)
So‘roq ostida: Shaponich (son)
Sariq kartochkasi bor: Joau Feliks, Kondogbia, Suares

«Milan»: Teterushanu; Kalyulyu, Romanoli, Ker, Ernandes; Kessi, Tonali; Salemakers, Braim Dias, Leao; Ibrahimovich
O‘ynamaydi: Menyan (bilak), Rebich (golenostop), Plitssari (tizza), Messias (son), Tomori (son)
Sariq kartochkasi bor: Tomori

S guruhi

Bu guruhda ham, V guruhda bo‘lgani singari yaqqol peshqadam bor – «Ayaks». Ikkinchi yo‘llanma taqdiri esa aynan bugun Lissabonda hal bo‘ladi. «Sporting» – «Borussiya» o‘yinida agar mezbonlar ikki va undan ortiq to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, pley-off yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yadi. Chunki Dortmunddagi birinchi o‘yinda «Borussiya» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ma'lumki, ochkolar teng bo‘lib qolganida, o‘zaro o‘yinlar inobatga olinadi. Mehmonlarning g‘alabasi esa «Borussiya»ga rasman 2-o‘rinni va muddatidan oldin yo‘llanmani taqdim etadi.

Agar Portugaliyadagi o‘yin durang hisob bilan yakunlansa, «Borussiya»ning imkoniyati oshib ketadi. So‘nggi tur oldidan ochkolar teng va o‘zaro o‘yinlarda nemislarning ustunligi ta'minlangan bo‘ladi. Oxirgi turda «Borussiya» «Beshiktosh»ni o‘z maydonida yengib, bemalol guruhdagi ikkinchi o‘rinni olishi mumkin.

Agar bugun «Sporting» kichik hisobda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 3 ochkolik farq bilan «Borussiya»ni quvib o‘tadi va keyingi bosqich uchun yaxshiroq imkoniyat hosil qiladi. Buning uchun oxirgi turda «Ayaks» maydonida durang o‘ynalsa kifoya. Hatto mag‘lubiyat ham «Sporting» uchun fojia bo‘lmaydi, chunki, «Borussiya» to‘plar nisbati bo‘yicha «Sporting»ni quvib o‘tish uchun 6-7ta gol kerak bo‘lishi mumkin.

«Beshiktosh» guruhdagi 3-o‘rin, ya'ni YeL yo‘llanmasi uchungina imkoniyat saqlab qolgan, ammo bu ham juda qiyin masala – buning uchun turklar ham «Ayaks»ni, ham «Borussiya»ni yengishi kerak bo‘ladi.

Taxminiy tarkiblar

«Beshiktosh» - «Ayaks» (22:45. Mahalla va Match Futbol1)
«Beshiktosh»: Ersin Destano‘g‘li; Roze, Vida, Montero, Umut Merash; Hatchinson, Pyanich, Gazzol, Aleks Teysheyra, N'Kudu; Larin
O‘ynamaydi: N'Sakalya (aniqlashtirilmagan), Souza (diskvalifikatsiya)
So‘roq ostida: Ridvan Yilmaz (son)

«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Lisandro Martines, Blind; Klaasen, Bergheys, Gravenberh; Antoni, Alle, Tadich
O‘ynamaydi: Edson Alvares (diskvalifikatsiya), Klayber (tizza), Kudus (o‘mrov), Stekelenburg (chov sohasi)
Sariq kartochkasi bor: Timber

«Sporting» - «Borussiya» Dortmund (01:00. Match Igra)
«Sporting»: Adan: Inasiu, Koates, Feddal; Porro, Palinya, Nunes, Reys; Sarabiya, Paulinyu, Pedru Gonsalvesh
O‘ynamaydi: Jovane Kabral (tizza), Vinagre (tizza)
Sariq kartochkasi bor: Feddal

«Borussiya»: Kobel; Mene, Akanji, Pongrachich, Rafael Gerreyru; Vitsel, Bellingem; Brandt, Roys, Azar; Malen
O‘ynamaydi: Daud (tizza), Holand (son), Hummels (diskvalifikatsiya), Morey (tizza), Reyna (son), Shmelser (tizza), Volf (son) 
So‘roq ostida: Mukoko (ko‘z), Shuls (bel sohasida jarohat)

D guruhi

Agar «Inter» o‘z maydonida «Shaxtyor» ustidan, «Real» esa Moldovada «Sherif» ustidan g‘alaba qozonsa, bu ikki jamoa keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal qiladi, moldovaliklar esa Yevropa Ligasi pley-offiga o‘tadi. Ammo barchasi butunlay teskari ketishi ham mumkin. Masalan, «Sherif» g‘alaba qozonsa, «Real»ni quvib o‘tadi, madridliklar 6-tur oldidan 3-o‘ringa tushib ketadi.

Bu guruhda hammada, hatto 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turgan «Shaxtyor»da ham nazariy jihatdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Agar ukrainaliklar bugun Milanda g‘alaba qozonib, 6-turda «Sherif»ni ham yengadigan bo‘lishsa, ochkolari soni 7taga yetadi. Hozirda «Inter» hisobida ham shuncha ochko bor. Milanliklar oxirgi turni Madridda o‘tkazadi va bu o‘yinda ochko ololmay qolishi ehtimoli bor.

Taxminiy tarkiblar

«Inter» - «Shaxtyor» (22:45. Sport va MatchTV)
«Inter»: Handanovich; Shkriniar, Ranokkiya, Bastoni; Darmian, Barella, Brozovich, Vidal, Perishich; Jyeko, Lautaro Martines
O‘ynamaydi: de Vrey (son), Aleksis Sanches (son)

«Shaxtyor»: Trubin; Dodo, Marlon, Bondar, Matviyenko; Maykon, Markos Antonio; Tete, Pedrinyu, Mudrik; Fernando
O‘ynamaydi: Dentino (klubni tark etgan), Junior Moraes (tizza), Ismaili, Alan Patrik, Sudakov (barchasida aniqlashtirilmagan), Traore (tizza)
So‘roq ostida: Stepanenko (aniqlashtirilmagan)

«Sherif» - «Real» (01:00. Sport va Match Futbol3)
«Sherif»: Atanasiadis; Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano; Addo, Till; Traore, Kolovos, Bruno; Kastaneda
O‘ynamaydi: Kiabu (mushaklarda jarohat)
So‘roq ostida: Yaxshiboyev (mushaklarda jarohat), Yansane (mushaklarda jarohat)
Sariq kartochkasi bor: Addo, Dulanto

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Militao, Alaba, Mendi; Modrich, Kazemiro, Kroos; Lukas Vaskes, Benzema, Vinisius Junior
O‘ynamaydi: Beyl (tizza), Sebalos (golenostop), Azar (gastroenterit), Valverde (yomon formada)
Sariq kartochkasi bor: Kazemiro.

Ko‘proq yangiliklar: