Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonni demokratiya bo‘yicha sammitga taklif qilmadi
AQSh Davlat departamenti o‘z veb-saytida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden mezbonlik qiladigan «Demokratiya sammiti»da ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e'lon qildi.

Foto: AP Photo/Patrick Semansky
Ro‘yxatga ko‘ra, sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniya taklif etilganlar ro‘yxatidan joy olgan. Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarboyjon ishtirokchilar orasida qayd etilmagan.
Bayden ma'muriyati Hindiston va Filippinga taklif yuborgan. Turkiya, Xitoy va Rossiya esa sammitda ishtirok etishga taklif qilinmagan. Vengriyadan tashqari Yevropa ittifoqiga a'zo barcha davlatlar taklif olgan.
Bayden dunyo yetakchilaridan tashqari fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillarini «sammit uchun aniq majburiyatlar va natijalarni ishlab chiqish»ga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazish uchun bir joyga yig‘adi.
Prezident Jo Bayden «Demokratiya sammiti» g‘oyasini 2019 yilda AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lganida e'lon qilgan edi. Bu yil u 9-10 dekabr kunlari video-konferens-aloqa orqali o‘tkaziladi.
«Sammitda asosiy e'tibor demokratiyalar oldida turgan muammolar va imkoniyatlarga qaratiladi hamda yetakchilarga mamlakatda va xorijda demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha individual, jamoaviy majburiyatlar, islohotlar, tashabbuslarni e'lon qilish uchun platforma taqdim etiladi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:43 / 15.07.2025
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:16 / 15.07.2025