Afg‘onistonda nashani qayta ishlash korxonasi ochiladi

Jahon 16:41 / 24.11.2021 12419

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda nashani qayta ishlash bo‘yicha korxona tashkil etilishini e'lon qildi, deb xabar berdi Alarabiya.

Xabarda aytilishicha, korxona Cpharm kompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi. Aamaj News agentligining qayd etishicha, kompaniya Avstraliyada joylashgan.

Toliblar IIV matbuot markazi boshlig‘i Said Xo‘stiy ichki ishlar vazirining giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari kompaniya vakillari bilan uchrashganini ma'lum qildi.

“Cpharm Afg‘onistonda gashishni qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun 450 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya bilan shartnomaning barcha bosqichlari yakunlandi, bir necha kundan keyin loyiha rasman ishga tushiriladi, bu bilan ko‘plab fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratiladi”, - deb xabar qildi Xo‘stiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, korxona mahsulotlaridan dori va kremlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: