Kegeylida 5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpog‘istonda Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar faoliyati fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Kegeyli tumani bo‘limlari tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqaro M.B. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Uning ko‘rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda sherigi A.Q. 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Beruniy va Ellikqal'ada yer sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

15:58 / 21.01.2025