Italiyada Amazon va Apple 200 mln yevro jarimaga tortildi

Jahon 21:55 / 23.11.2021 2830

Italiya antimonopoliya sudi Amazon va Apple Inc kompaniyalarini raqobatga qarshi hamkorlik qilgani uchun 200 million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha,kompaniyalar 2018 yilda boshqa rasmiy va norasmiy riteylerlarga Amazon.com saytida Apple va Beats mahsulotlarini sotishiga to‘sqinlik qilishga kelishib olgan.

Bu raqobat me'yorlarining buzilishi hisoblanadi, deyiladi sud bayonotida.

Natijada Amazon kompaniyasiga 68,7 mln, Apple kompaniyasiga 134,5 mln yevro jarima solindi. Ular shuningdek, kelishuvdan voz kechishi kerak.

Iyul oyida Amazon kompaniyasi Yevropada 887 mln yevro jarimaga tortilgandi. Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashda qoida buzgan deb topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: