DePO va Riviera Mall’da Magic Weekend

Jamiyat 20:00 / 23.11.2021 7081

Noyabr oyining oxiri - bu Magic Weekend’da uzoq kutilgan chegirmalar vaqti. 26 dan 28 noyabrgacha bir vaqtning o‘zida poytaxtning ikkita yirik savdo-ko‘ngilochar markazida Magic Weekend aksiyasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda The Tower MMG boshqaruv kompaniyasi.

Magic Weekend – bu xalqaro «chyornaya pyatnitsa» ning mahalliy analogi bo‘lib, unda do‘konlarda narxlar minimum nuqtasiga tushadi, chegirmalar esa 80% gacha yetadi.

Foto: DePO/Riviera Mall

Yaqinda ochilgan poytaxtning eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazi DePO Mall’da aksiya ilk marta bo‘ladi. Riviera Mall’da esa «sehrli juma» yaxshi an'anaga aylanib ulgurgan va qatorasiga ikkinchi yil bo‘lmoqda. Aksiya uch kun davom etadi va maksimal miqdorda savdo nuqtalarini qamrab oladi. Tejamkorlikni sevuvchilar barcha kerakli narsalarni - kiyim-kechakdan tortib to texnikagacha arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishlari mumkin. Shunday qilib, shopogoliklar orasida mashhur bo‘lgan Magic Friday aksiyasini Magic Weekend deb atash haqqoniy bo‘ladi, axir chegirmalar faqatgina juma kuni bilan cheklanib qolmaydi, balki butun dam olish kunlarida ham davom etadi.

Juma kuni tongdan Riviera Mall va yangi DePO Mall’da joylashgan 100 dan ortiq do‘konlar arzonlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirishadi. Magic Weekend’da ikkala savdo-ko‘ngilochar markazida ham filiallari mavjud bo‘lgan Makro supermarketlar tarmog‘i ham ishtirok etadi. Reteyler turli mahsulot guruhlari uchun 20% dan boshlab chegirmalarni taqdim etadi.

Foto: DePO/Riviera Mall

Kiyim-kechak, oyoq kiyimlar va aksessuarlar brendlari orasida mahalliy brendlar bilan bir qatorda Calvin Klein, Lacoste, Tommy Hilfiger, Levi’s, Liu•Jo, Mayoral, United Colors Of Benetton, U.S. Polo ASSN, Gant, Armani Exchange, Colin’s, Bata, Okaidi, Yves Rocher, Keally, LC Waikiki kabi frenchayzing do‘konlar ham narxlarni tushiradi. Oldinda turgan yangi yil bayramlarida shahar aholisi uchun eng keraklisi, sifatli ustki kiyim, mavqeyingizni belgilab beruvchi kostyumlar, bejirim ko‘ylaklar, ayollar nafis liboslari.

Fud-kortda ham chegirmalar kutilmoqda. Ba'zi brendlar menyuga chegirmalar taqdim etsa, boshqalari esa maxsus «sehrli» setlar tayyorlab qo‘yishadi.

DePO Mall’da «orzuga erishish uchun olg‘a» aksiyasi bo‘yicha avtomobil yutib olish imkoniyati xaridlaringizga yoqimli bonus bo‘ladi. Aksiyada ishtirok etish uchun 100 000 so‘mdan ortiq summaga xaridni amalga oshirish va chekni ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur.

Aksiya tashkilotchisi puxta o‘ylanmagan xaridlarning oldini olish uchun Magic Weekend’ga tayyorlanish kerakligini maslahat bermoqda. Masalan, brendlarning savdo-ko‘ngilochar markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilgan takliflarini o‘rganish, undan so‘ng o‘zingiz uchun eng foydali aksiyani tanlab olish va kerakli xaridlar ro‘yxatini tuzish.

Aksiya shaharning turli qismlarida joylashgan ikki savdo-ko‘ngilochar markazlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan shopping day’ni yanada osonlashtiradi. Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisining tanlovi DePO Mall foydasiga bo‘lsa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlari vakillari esa Riviera Mall’ni ma'qul ko‘rishadi.

Chegirmalar miqdori haqidagi batafsil ma'lumot magicfriday.uz saytida joylashtiriladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: