«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

O‘zbekiston 11:28 / 22.11.2021 31750

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida kun birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu me'yordan 3-5 darajaga yuqori.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 23-24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizi janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23 noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24 noyabrda janubiy tumanlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat foni 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25-26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan yana antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25 noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26 noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. 

Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 26 noyabrga borib esa kunduz kunlari me'yoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: