O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,6 milliard dollarga yetdi

O‘zbekiston 07:28 / 22.11.2021 4213

2021 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,65 milliard dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 2,55 milliard dollarga o‘sdi (o‘sish - 8,5 foiz). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmidan eksport 12,43 mlrd dollarni (2020 yil yanvar-oktabr oylariga kelib 6,7 foizga pasayganligi qayd etilgan), import esa 20,22 mlrd dollarni (o‘sish 20,5 foiz) tashkil etdi.

Natijada, tashqi savdo saldosi passiv balansni tashkil etdi - 7,78 milliard dollar. 

Tashqi iqtisodiy faoliyatda 20 ta yirik hamkor davlatlar qatorida to‘rt davlat, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi mavjud. Qolgan 16 ta davlatda tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolgan. 

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 179 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,6 foiz), Rossiya (18,0 foiz), Qozog‘iston (9,7 foiz), Turkiya (8,3 foiz), Koreya Respublikasi (4,7 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniya (1,9 foiz) mamlakatlariga to‘g‘ri keldi. 

Ko‘proq yangiliklar: