Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya yoshlarini yo‘qotyaptimi? Ular «pul tashuvchi xachir»ga aylanib qolayotgani aytildi

Foto: stock.adobe.com
Latviyada yoshlar borgan sari firibgarlik ishlariga aralashib qolmoqda. Mamlakat politsiyasi ularning qonunni bilmasligi javobgarlikdan xalos qilolmasligini eslatmoqda.
Latviya politsiyasi yoshlarga nisbatan noqonuniy pullar aylanmasida kriminal tashuvchilik qilganlik bo‘yicha 50 dan ortiq ish ochgan. Ma'lum bo‘lishicha, yoshlarning aksariyati bu yumush jiddiy qonunbuzarlik ekanidan bexabar.
«Afsuski, oxirgi ikki oyda yoqimsiz bir holat ko‘p takrorlanmoqda: yosh fuqarolar noqonuniy pul tashuvchi kurerlarga aylanishmoqda. Ular noqonuniy pullarni «yuvish», jinoiy yo‘llar bilan ishlab topilgan pullarni yechib olishda o‘z hisob raqamlaridan foydalanishga ruxsat berishmoqda», — deydi Latviyadagi Citadele banki IT-xavfsizligi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Kasper Brishka.
Oxirgi ikki oy davomida Latviya banklarida yoshlarning hisob raqamida telefonda amalga oshirilgan firibgarlik natijasida ishlab topilgan pullar tushishi bo‘yicha 30 ta holat aniqlangan. Katta ehtimol bilan ular bu ishlarining oqibatidan bexabar. Yoshlar o‘z hisob raqamlaridan «shunchaki» foydalanishga ruxsat bergan bo‘lishlariga qaramay, javobgarlikdan quruq qolmaydi, chunki hisob raqam egasi pullarning haqiqiy sohibi hisoblanadi.
Latviya politsiyasi yoshlar qilayotganlari jinoyat ekani bilmay unga qo‘l urayotganidan xavotirda. Chunki bunday turdagi iqtisodiy jinoyatni sodir etganlik uchun 2, ba'zan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.
Eurostat 2020 yilda «Yevropa yoshlari» nomli 16–29 yoshlilar haqida tahliliy hisobot e'lon qildi. Hisobotda, tabiiyki, Latviya yoshlari haqida ham so‘z borgan. Unda aytilishicha, 16-29 yoshdagi 60,4 foiz latviyaliklargina ota-onasi bilan birga yashaydi. Bu ko‘rsatkich bir yil oldingidan 2 foizga kamaygan. Shuningdek, hisobotda latviyaliklar o‘rtacha 26 yoshda ota-onasidan ayri yashay boshlashi keltirilgan. Mamlakatda qizlarning o‘rtacha turmushga chiqish vaqti 29,2 yoshni, yigitlarning o‘rtacha uylanish vaqti esa 31,8 yoshni tashkil etmoqda.
Dokladga ko‘ra, Latviyada 15-19 yoshlilarning 8,1 foizi ishlaydi. 20-24 yoshlilar orasida bu ko‘rsatkich 56,9 foizga, 25-29 yoshlilarda esa 81,4 foizga yetadi. 2019 yilda 15-29 yosh oralig‘idagi latviyaliklarning 34,4 foizi boshlang‘ich, 45,6 foizi o‘rta va atigi 20 foizi oliy ma'lumotga ega.
Keyingi ma'lumotlar yanada qiziq va o‘z navbatida Latviya hukumati uchun xavotirli. Mamlakatdagi yoshlarning ko‘pchiligi boshqa mamlakatda yashashni istaydi. Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi 4 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan so‘rovnoma yakunlari shunday xulosaga kelishga imkon bergan. Latviya yoshlari orasida AQSh, Germaniya va Ispaniya ular yashashni istaydigan eng mashhur manzillar. So‘rovnomada qatnashgan latviyalik yoshlarning chorak qismi mamlakatni butunlay tark etmoqchi ekanini aytgan.
Oxirgi o‘n yilda Latviya aholisi 177 mingga kamaygan. Bu esa mamlakatdagi Daugavpils, Liyepaya va Rezekne shaharlarining umumiy aholisi demak. 2021 yil hisob-kitobiga ko‘ra Latviyada 1 million 893 ming odam yashaydi. Bu esa bir yil oldingidan 14,5 mingga kam degani. Latviyani asosan 20-39 yoshdagi aholining mehnatga layoqatli qismi tark etmoqda. 2020 yilda Latviyaga 8,8 ming kishi borgan, ammo 12 ming doimiy fuqarolar mamlakatni tark etgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:07 / 21.07.2025
Latviya O‘zbekistonda xalqaro maktab tashkil etish imkonini ko‘rib chiqmoqda

17:11 / 19.07.2025
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov

07:40 / 18.07.2025
Latviya sudi "Dojd" litsenziyasini qaytarib olish qarorini bekor qildi

13:39 / 15.07.2025