Buxoroda yosh ijrochilarning “Shashmaqom” festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:51 / 22.11.2021 781

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatida yosh ijrochilarning "Shashmaqom" Respublika festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, hujjatda 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Qaror bilan festivalga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan. Nizom festivalni o‘tkazish tartibi va shartlarini, jumladan, cholg‘u va ashula yo‘nalishlari bo‘yicha talablarni belgilaydi. Xususan, yakka ijrochilar 30 yoshgacha bo‘lishi, ijodiy jamoalar soni esa 15 nafardan oshmagan xonanda va sozandalardan iborat bo‘lishi kerak. 

Buxoro viloyati hokimligiga bir oy muddatda festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: