Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Osiyo Olimpiya kengashi qit'adagi muloqot uchun muhim» - Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
20 noyabr kuni Osiyo olimpiya kengashining Bosh assambleyasi 40-yubileyi arafasida Ijroiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun chinakam muhim voqeadir. OSA prezidenti vazifasini bajaruvchi Raja Randhir Singh va OSA bosh direktori doktor Husayn Al-Musallam bilan muzokaralar, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi rahbari Robin Mitchell bilan o‘tkazilgan muzokaralar juda samarali bo‘ldi», deya yozadi Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov telegramdagi sahifasida.
21 noyabr kuni BAA Sport bosh boshqarmasi raisi – Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«Doktor Ahmad Abdulloh Humeyd Bil Hul Al Falasiy qit'a mamlakatlari aro muloqot uchun Osiyo Olimpiya kengashi muhim ekanligini ta'kidladi.
BAAdagi do‘stlarimiz O‘zbekiston sportchilarining muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib boradilar va mamlakat rahbariyatining ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholaydilar.
O‘zbekistonning ko‘plab sport yo‘nalishlaridagi yetakchilik pozitsiyalari alohida qayd etildi: BAA, o‘z navbatida, bunday salmoqli natijalarga erishish imkonini beruvchi tajribani o‘zlashtirishdan manfaatdor. Albatta, ushbu hamkorlik doirasida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada chuqurlashib boradi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi
Iqtisodiyot | 20:58
-
Baxtiyor Saidov Xitoy raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:30
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
Mavzuga oid

23:08 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi

21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi

15:57 / 17.07.2024
Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniydagi forumda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi

11:53 / 22.12.2021