25-26 noyabr kunlari Toshkent shahrida MDHga a'zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 19:00 / 21.11.2021 2474

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida MDHning Moliya-bank kengashi 2021 yilning 25-26 noyabr kunlari MDHga a'zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Forum davomida milliy va tijorat banklar, hamda birjalar rahbarlari, moliya bo‘limlari, bank birlashmalari va uyushmalari, sug‘urta va qayta sug‘urtalash tashkilotlari, lizing kompaniyalari vakillari, shuningdek, Ovro‘pa, Osiyo, va MDHga a'zo davlatlarning innovatsion va investitsiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadilar.

MDHga a'zo davlatlarning xalqaro moliya-bank forumi, ishtirokchilarga moliya-bank tizimida, sug‘urta va qimmatli qog‘ozlar sohasida ustuvor integratsiya loyihalar bilan tanishish, raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashish imkonini beradi. Biznes dasturida - anjumanida, B2B formatidagi maxsus davra suhbatlari va biznes uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, quyidagi mavzularda sessiyalar bo‘lib o‘tadi:

- «MDH mamlakatlari o‘rtasida yangi sarmoyaviy imkoniyatlar»

- «Chegarasiz Fintex. Raqamli Yevrosiyo»

- «Sug‘urta va qayta sug‘urtalash bo‘yicha XII-Toshkent xalqaro konferensiyasi»

- «VIII Toshkent xalqaro lizing konferensiyasi»

- «MDH mamlakatlari tovar bozorlarida fyuchers shartnomalari bozorini rivojlantirish»

- «Zamonaviy voqelik sharoitida MDH fond bozorlari».

«Sug‘urta va qayta sug‘urtalash bo‘yicha XIII Toshkent xalqaro konferensiyasi» doirasida milliy sug‘urta bozorining bugungi holati, ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida O‘zbekistonda xalqaro qayta sug‘urtalash biznesini rivojlantirishning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Konferensiya shuningdek, ishtirokchilarni quyidagi mavzular bilan tanishtiradi:

• Xalqaro bozorlarda eksport qiluvchilarni sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash: muammolar va istiqbollar;

• Milliy bozorlarni rivojlantirishda qayta sug‘urtalash munosabatlari;

• Hayot va sog‘liq sug‘urtasining zamonaviy tendensiyalari;

• Sug‘urta sohasida raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar;

• Bank sug‘urtasida sug‘urta mahsulotlari qatorini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar;

• Sug‘urta vositachilari va distribyutorlari – muammolar va yechimlar;

• Sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyati.

Azimuth Insurance Company «Sug‘urta va qayta sug‘urtalash bo‘yicha XIII Toshkent xalqaro konferensiyasi»ning homiylaridan biri hisoblanadi. AIC xalqaro moliyaviy mustahkamlik reytingi A+ bo‘lgan birinchi toifali kompaniyalarda qayta sug‘urtalash himoyasi bilan umumiy sug‘urtaning 17 toifasi bo‘yicha to‘liq sug‘urta xizmatlarini taklif etadi.

Foto: Azimith Insurance Company

Xalilov Oybek Nosirovich – “O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi” – Kengashi raisi (ishtirokchilar ro‘yxatini, ma'ruzachilar taqdimoti va ma'ruzalar mavzulari bilan tanitishda, hamda shartnomalar imzolanishini shakllantirish bo‘yicha mas'ul shaxs)

Bo‘lajak forumda ishtirok etish uchun havola orqali o‘ting va shaklni to‘ldiring:

forum.saipro.uz/main.cgi?lan=r&raz=5

Sayt: www.linkedin.com/company

Feysbuk: fb.com/azimuth.insurance.uz

Instagram: instagram.com/azimuth_insurance/

Telegram: t.me/aicuzb

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: