SSV vaksinalar soni bo‘yicha statistikani taqdim etdi

O‘zbekiston 22:11 / 20.11.2021 5585

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va keltirilgan vaksinalar miqdori 42 million 805 ming dozadan oshdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida foydalanish uchun yana 7 566 020 doza vaksina topshirildi.

Ulardan:

  • 6 498 020 dozasi ZF-UZ-VAC 2001;
  • 408 000 dozasi Sputnik-V;
  • 660 000 dozasi AstraZeneca vaksinalaridir.

Shu tariqa, mamlakatda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 42 805 618 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

— 2 254 480 dozasi AstraZeneca;

— 32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

— 1 128 500 dozasi Sputnik-V;

— 3 000 060 dozasi Moderna;

— 2 014 740 dozasi Pfizer/BioNTech;

— 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasi bo‘lib, shundan 31 192 046 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Ko‘proq yangiliklar: