Hafta davomida AI-80 markali benzin narxi birjada 9,5 foizga arzonlashdi

O‘zbekiston 15:56 / 20.11.2021 12900

15-19 noyabr kunlari tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 mln 129,4 ming so‘mdan 9 mln 168,4 ming so‘mgacha yoki 9,5 foizga pasaygan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Hafta yakuniga ko‘ra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1 foizga o‘sgan.

Shuningdek, birja savdolariga qo‘yilgan benzin hajmida kichik 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 30 foizgacha oshirilgan. Buning natijasida benzin sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, ya'ni 4,5 barobarga o‘sgan.

Ma'lumot uchun, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinning 1 tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etib, o‘tgan haftaga (249 ta) nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga oshgan.

Bunda kichik hajmdagi lotlar bo‘yicha savdolarda ishtirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani tashkil etib, ular umumiy savdo ishtirokchilarining 62 foiziga to‘g‘ri kelgan.

Ta'kidlanishicha, birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha ishtirokchilar talabi joriy yilning 19 noyabr kuni 1 857 tonnani tashkil etib, 16 noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: