Boku Ozarboyjon va Armaniston rahbarlarining Bryusselda uchrashuv o‘tkazishiga rozi bo‘ldi

Jahon 18:41 / 20.11.2021 6346

Ozarboyjon YeIning Bryusselda Ozarboyjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berdi. Bu haqda Ozarboyjon TIVga tayanib TASS xabar qilmoqda.

“Ozarboyjon tomoni siyosiy muloqot uchun hamisha ochiq va bunday muloqotlarga ijobiy yondashadi. Shu jihatdan Ozarboyjon tomoni Yevropa kengashi raisining YeI vositachiligida ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berdi”, – deyiladi respublika TIV xabarida.

Juma kuni Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 15 dekabr kuni Bryusselda uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishgani ma'lum qilindi.

Yevrokengash bayonotida aytilishicha, ikki mamlakat rahbarlari “Sharqiy hamkorlik” sammitida “mintaqadagi vaziyat va Janubiy Kavkazda barqaror va farovonlik bo‘lishi uchun keskinlikni bartaraf qilish yo‘llarini muhokama qiladi”.

Ko‘proq yangiliklar: