AQSh Xitoyning BAAdagi harbiy obekti qurilishini to‘xtatib qo‘ydi

Jahon 15:13 / 20.11.2021 10268

Amerika razvedkasi Xitoy Birlashgan Arab Amirliklarida maxfiy harbiy obekt qurayotganidan xabar topdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal yozmoqda.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedkasi Xitoy Abu-Dabidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Xalifa portida shubhali faoliyat olib borayotganidan bir yilcha avval xabar topgan.

Shu yilning bahorida sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Xitoy portda harbiy obekt qurmoqda degan xulosaga olib kelgan. Bu ma'lumot AQSh prezidenti ma'muriyatini xavotirga solgan va BAAni qurilishni to‘xtatish zarurligiga ishontirish uchun diplomatik sa'y-harakatlar amalga oshirilgan, degan WSJ manbalari.

Qator uchrashuvlar va amerikalik amaldorlarning BAAga safarlaridan so‘ng obekt qurilishi to‘xtatilgan.

BAAning Vashingtondagi elchixonasi Abu-Dabi Xitoy bilan «harbiy baza joylashtirish bo‘yicha kelishuv yoki rejaga ega bo‘lmaganini» ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: